Yuzly AI: Muvaffaqiyatsizlik ortidagi dars
Yuzly loyihasini ilk boshlaganimda "custdev" nimaligini ham bilmaganman, sababi yetarli ilmim bo'lmagandi. Loyihani boshlab MVP yakuniga yetay deganda, aslida boshlashdan oldin mijozlarni o'rganish kerakligi va aslida men berayotgan yechim kerakmi degan savolga javob topishim kerakligini tushunib yetdim. Katta xarajat, yoqotilgan vaqt va asab, "custdev" muhimligini o'rgatdi.
Asli loyiha mening bir kichik muammoyim, ya'ni onlayn o'quv markazimga ko'p murojaatlarga vaqtida javob bera olmasligimdan boshlangan edi. Shu o'rinda o'zimcha o'ylab: "Bu muammo ko'pchilikda bor" dedimda, startup qilishni boshladim. Va shu yerda yechimga muhabbatim uyg'ondi. bu mani juda uzoq vaqt aldadi, asli oldin muammoni o'rganib, keyin boshlash kerakligin tushundim.
MVP va Toshkentga safar
Men va do'stim (middle-dasturchi), Farg'onadan Toshkentga qarab yo'l oldik, u yerda ofis va shinam yotoq topdik. 1 oylarcha juda katta harajatlar bilan chala MVP tayyorladik. Do'stimni qo'shimcha ishi bo'lgani sabab, doim ham vaqti bo'lmas edi, lekin bir kuni Lovable web-konstruktorga ko'zim tushdi, do'stimiz bilan salkam 1 oy qilganimizni 2 kunda qilib qo'ydim, yomon alam qilib ketdi, bir tarafdan ishim tez bitgani xursand qilmasdan qo'ymasdi.
Shu bilan do'stim bilan ajralishdik va Farg'onaga qaytdik. Loyihamizni ustozlarga ko'rsatdik, juda ko'p feedback oldik, natijada biz qilayotgan ish juda oddiyligi, jamoaga albatta AI bo'yicha kuchli mutaxassis kerakligi va imkoni boricha o'zimiz yaxshi bilgan soha atrofida startup qilishimiz kerakligini tushundik.
Dasturchi do'stim bilan bo'lgan muammodan keyin, to'liq AI bilan ishlashga qaror qildim. Natija hayratga soldi, sababi Lovableda umumiy 2 ta loyihani MVP'sini birini to'liq tugatib, birini 80% ga bitirib atiga 300$ pul sarfladim. Endi tasavvur qilishingiz uchun Toshkent safari uchun ~1000$ sarflagan edim. Lekin shu safar sabab ham, AI bilan loyiha ko'tarish hozirda juda osonligi va eng yaxshi yechimligini tushundim.
AI bilan ishlashga to'liq o'tishimga sabab Akmal aka Paiziyev. Startuplar haqida bo'lgan tadbirlarida qatnashdimda u yerda AI'ga shubhamni to'liq yoqotdim: "Hozir MVP'si yo'q startup qilish - uyat, chunki kuchli instrumentlar yaratilgan allaqachon" ma'nosida Akmal aka gapirgan edilar. Va man to'liq Lovablega kirishdim.
Va eng asosiysi, agar jamoa shakllantiradigan bo'lsam, meni ishimni ikkinchi ish sifatida oladigan mutaxassislar bilan ishlamaslikka qaror qildim, chunki ularni asosiy ishlarida allaqachon "vigoraniya" bo'lib bo'lar ekan (hammasi ham emas albatta).
Yangi Mobiks loyihasi

Hozirda Mobiks.uz startupi ustida ishlayapman. Bu yerda endi menga faqat marketing bo'yicha yordam beradigan mutaxassislar kerak bo'ldi va hozirda bir CMO va CCO co-founder oldim.
Yangi loyihamni asosiy maqsadi - bu telefon do'konlarini bir yerga to'plagan marketpleys yaratish. Mijozlarimizga esa mahsulotni do'konlardan olib, O'zbekiston bo'ylab yetkazish, nasiyaga berish va kafolatni taklif qilamiz. 19 noyabda loyihani boshladm, 2 kundan so'ng loyihaning ishlaydigan MVP'si tayyor bo'ldi, endi uni kuchaytirish ustida ish olib boryapmiz. 5 dekabr holatiga ko'ra 500+ mahsulotlar, 15+ hamkorlarga erishdik.
Bugunni o'zida Mobiks botini ishga tushurdik, u orqali foydalanuvchilarimiz o'z smartfonlarini tekinga baholab olishlari va shu bahoda bizga sotishlari mumkin.
Hamkorlarni topishda muammo bo'lmagani, bu oldin "muvaffaqiyatli-yakunlangan" Nasiyachi loyiham bo'lgani sabab. Ushbu loyiha bundan 2 yil avval, Uzum Nasiya kabi nasiya servislarini bir platformaga to'plagan servis bo'lgan va ilk hamkorlarimiz Farg'ona markazidagi telefon do'konlari bo'lgan. Uni yopilishiga sabab yuridik jihatdan to'g'ri qurilmagan tizim edi. Va loyihadan qolgan tanishlar ichida CustDev o'tkazib, marketpleys va "skupka" yaratishga qaror qildim.
Endi 2030 yilga asosiy maqsadimiz: Markaziy Osiyoda eng katta B/U marketpleys yaratish. Va o'z bozorida Amazonga aylanish. Yil ohirigacha esa O'zbekiston bozorida $11.8M GMV'ga chiqish niyatidamiz. E'tibor uchun tashakkur.
Olgan saboqlarim:
- CustDevsiz qilingan startup umri uzoq emas.
- Yechimni sevish eng katta xatodir.
- MVP uchun katta dasturchilar jamoasi kerak emas.
- AI bo'yicha loyiha qilganim, katta xatoga aylandi.
- AI bilan startup qilishim, katta imkoniyatni yaratdi.
- Eski loyiham, yangisiga yordam beradi.
Muallif: Shukrulloh Ikrom
Mehmon maqola muallifining fikri tahririyat yoki blog egalarining nuqtayi nazari bilan mos kelmasligi mumkin.